“Kar’era -2017” Mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Yurtimizda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun ertamiz egalari hisoblangan yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda yuksak bilimli va malakali kadrlar etib tarbiyalash jarayonini yanada takomillashtirish, ularning ish bilan bandligini ta’minlash borasidagi samarali ishlarga dasturilamal bo‘lmoqda. Markaziy Osiyoda yetakchi tayanch oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida har yili Avtomatlashtirish va boshqaruv, To‘qimachilik sanoati texnologiyalari, Paxta sanoati texnologiyalari, Yengil va matbaa sanoati texnologiyalari yo‘nalishlarida bugungi kunda mingdan ziyod mutaxassislar tayyorlanmoqda.